Zelenskiy Vinnitsaga qilingan hujum uchun Rossiyani jazolashga chaqirdi

Yevropa Ittifoqidan keyin BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh Ukrainaning Vinnitsa shahrida 23 kishi, jumladan uch bola hayotiga zomin bo‘lgan raketa hujumini qoraladi.

Bir necha soatlik vayronalarni ochishdan so‘ng politsiya 20 dan ortiq odam o‘lganini tasdiqladi, bir necha o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Yuzga yaqin mahalliy aholi jarohatlangan, ko‘pi og‘ir ahvolda kasalxonada.

Raketalar ofis binosiga kelib tushgan, uylarga zarar yetgan. Vaholanki, bu Gaagada urush jinoyatlari uchun javobgarlarni jazolashga bag‘ishlangan konferensiya avjida sodir bo‘ldi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy forum ishtirokchilariga murojaatida yana bir bor sobiq Yugoslaviya tribunalidan o‘rnak olib, xalqaro sud yaratishga chaqirdi. Demokratik davlatlarni Rossiyaga qarshi yangi choralar ko‘rish va tinch aholi o‘ldirilgani uchun Moskvani jazolashga chaqirdi:

“Bu kun Rossiyani terrorchi davlat sifatida rasman tan olish kerakligini yana bir bor isbotladi. Dunyoning hech bir davlatida Rossiya kabi terror tahdidi mavjud emas. Dunyoning boshqa hech bir davlati tinch shaharlarni va oddiy odamlar hayotini qanotli raketa va raketa artilleriyasi bilan har kuni vayron qilishga imkon bermaydi.

Yevropa Ittifoqi oliy vakili Xosep Borrel Vinnitsaga qilingan hujum kabi tinch aholini muntazam ravishda o‘ldirish jinoyat ekanligini eslatdi.

RT bosh muharriri Margarita Simonyan va urushda bo‘lgan rossiyalik muxbirlar Mudofaa vazirligidagi manbalarga tayanib aytishlaricha, asosiy nishon mintaqadagi eng katta konsert zali – Ofitserlar uyi bo‘lgan. Go‘yoki u yerda Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari joylashgangan.

Avvaliga Moskva shaharning o‘qqa tutilishini rasman tushuntirmagan edi. Bugun Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Vinnitsadagi Ofitserlar uyiga raketa hujumi sodir etilganini tasdiqladi. 14 iyul kuni Rossiya harbiylari Vinnitsa shahridagi Ukraina Qurolli Kuchlari Ofitserlar garnizoni binosiga yuqori aniqlikdagi «Kalibr» dengiz raketalari bilan hujum qilgani haqida Rossiya Mudofaa vazirligi vakili brifingda ma’lum qildi.