“Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” tamoyiliga amal qilib

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasida viloyat bank tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yoshlar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Eng iqtidorli yosh bank xodimi” ko‘rik-tanlovi finalchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi va Markaziy bank o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan “Zamonaviy boshqaruv” va “Boshqaruv mahorati” kurslarida malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda viloyat bank tizimi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etiladigan “Eng faol kitobxon xodim” tanlovi, “Oliy tafakkurda sarhad yo‘q” shiori ostidagi intelektual musobaqa nizomlari tasdiqlandi hamda ularni o‘tkazishga start berildi.