Faollikka chorlov
Partiyaning mahalliy kengashlari raislari va faollari ishtirok etgan tadbirda ma’ruzada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
– Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida qisqa davr ichida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning tub mohiyatini ochib berdi, – deydi partiyaning Oqdaryo tuman kengashi raisi Fayzulla Bo‘ronov. – Ma’ruzada belgilangan ustuvor vazifalar partiyalar faoliyatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda partiyamiz a’zolari, ayniqsa, mahalliy kengashlar, deputatlar bu vazifalarni hayotga tatbiq etish va ijrosini ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashishi zarur.
Yig‘ilish yakunida ma’ruza mohiyatidan kelib chiqqan holda partiyaning ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.