Farer orollarida 1500 dan ortiq delfin o‘ldirilgan

Kit ovlavchilar assotsiatsiyasi Farer orollarida an’anaviy ov paytida 1500 ga yaqin delfin o‘ldirilganidan hayratda. Bu Farerning butun dunyodagi imidjiga ta’sir qilishi mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda Daniya  DR telekanali xabar berdi.

Orolning janubi-sharqidagi fordlar (qoyali qirg‘oqlari bo‘lgan dengiz ko‘rfazi)dan birida ro‘y bergan kitlar qirg‘ini tasvirlari tarmoqda paydo bo‘ldi.

"Biz Yerda yolg‘iz emasligimizni unutmasligimiz kerak. Aksincha, bugun dunyo ancha kichrayib ketdi va hamma cho‘ntagida kamera bilan yuradi. Bu bizni yomon tomondan ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib imkoniyat", dedi Farer kit ovlash assotsiatsiyasi rahbari Olavur Syurdarber.

U delfinlarni ovlash masalasini siyosiy darajaga olib chiqish zarurligini qo‘shimcha qildi.

Baliqchilar sayoz suvlarga jalb qilib, 1400 dan ortiq dengiz sutemizuvchilarini o‘ldirishdi. Ulardan go‘sht va vorvan’ (dengiz hayvonlari eritilgan moyi) olinadi.

Uzoq orollar aholisi uchun bir necha asrlar davomidagi ushbu urf-odat bir paytlar omon qolishning yagona yo‘li bo‘lgan. Mahalliy madaniyatni saqlab qolish maqsadida notijoriy ovlashga ruxsat beriladi. Ammo bu tabiatni muhofaza qiluvchilar orasida g‘azabga sabab bo‘ladi.