Farmon Toshev Prezident Farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvoni bilan taqdirlandi

Hozirgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ustoz jurnalist, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi, viloyat "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari bosh muharriri Farmon Toshevga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvoni berildi.

Nafaqat Samarqand, balki o‘zbek jurnalistikasi rivojiga hissa qo‘shayotgan ustoz ijodkorni barcha samarqandliklar nomidan qutlaymiz!