Farzandli bo‘lgan ayol deputat ko‘magida tug‘ruqxonadan uyiga bordi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Zaynab Berdiyeva
“Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limiga oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa etdi. Shu bilan birga jamg‘arma tomonidan Qirg‘iz qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila a’zolariga ajratilgan mahsulotlarni eltib berdi.
Z.Berdiyeva qishloqqa yolg‘iz bormadi: bu yerda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Qunduz Husanova hamda chaqalog‘ini tuman markazidagi tug‘ruqxonadan chiqarib, uyiga olib bordi.
Navoiy bobomiz «Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay», deb bejiz yozmagan. Q.Husanova bu ko‘makdan benihoya shod bo‘ldi.