Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda mutaxassislar qanday harakat qilishi kerak?

Ayni kunlarda Samarqandda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda shartli ravishda zilzila oqibatida ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va aholiga tezkor yordam ko‘rsatish maqsadida Jomboy tumanidagi “Uz TRUCK AND BUS MOTORS” MChJ avtoturargohi hududida 100 dan ortiq texnika va barcha kuch vositalari bir manzilga jamlandi.

Mexanizatsiya ishlari yig‘ma otryadining saf ko‘rigi davomida har bir tuzilmaning vazifalari, ularning ixtiyorida mavjud texnika va asbob-anjomlar ko‘zdan kechirilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Favqulodda vaziyatlar yuz berganda tezkorlik bilan harakat qilish, texikalarning soz holatda bo‘lishi va barcha o‘z vazifasiga sidqidildan yondashishi bo‘yicha fikrlashildi.

Shuningdek, Samarqand shahar “Rahmatobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida talafot ko‘rgan binodan jabrlanganlarni qidirib topish va xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar xizmatlarining harakatlari namoyish etildi.

J.Lapasov,
T.Mirzamurodov,
Samarqand shahar FVB xodimlari.