Favqulodda vaziyatlarga shaymisiz?

Shu yilning 15 mart kunidan 15 aprel kuniga qadar yurtimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar davlat tizimi saf ko‘rigi tashkil etilib, tegishli xizmatlarning shaxsiy tarkibi hamda texnikalari shayligi nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim, davolash muassasalari, shuningdek, mahallalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, u sodir bo‘lganda, qanday harakatlanish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari olib borilyapti.
Oylik davom etmoqda.
Sh.MURODOV,
Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi tezkor bo‘linma boshlig‘i.