Fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qaytarib beriladi
Paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan daromad solig‘i bir vaqtning o‘zida qator shartlarga rioya qilinganda qaytarib beriladi.
Ular quyidagicha:
• har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band bo‘lishi;
• har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;
• fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.
Mazkur eksperiment 2024 yil 1 mayga qadar davom etadi.