Fermerlar va klasterlar faoliyatining huquqiy kafolatlari kuchaytiriladi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning viloyatdagi ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Jomboy tumani saylovchilari bilan uchrashdi.
Ta’kidlanishicha, nomzodning dasturidan o‘rin olgan qishloq xo‘jaligida bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish sohadagi bosh maqsad uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Shuningdek, qo‘shimcha 300 ming gektar maydonlarni o‘zlashtirib, ularda intensiv bog‘ va uzumzorlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Sabzavot, poliz, kartoshka bo‘yicha mahalliy urug‘lik ta’minoti 50 foizga yetkaziladi. Buning uchun mavjud imkoniyatlar ishga solinib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmini hozirgi 8 foizdan 25 foizga oshirish saylovoldi dasturda ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Uchrashuvda saylovoldi dasturidan o‘rin olgan boshqa vazifalar xususida ham ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.