Fotoapparat orqali tarixni yoritgan muxbir

Tohir Norqulov hayot bo‘lganida bugun 79 yoshini qarshi olgan bo‘lar edi.
Mohir va tajribali fotosuratchi 1946 yil 6 avgustda Narpay tumanida tug‘ilgan. 55 yildan ziyod vaqt davomida qo‘lidan fotoapparat tushmadi.
Tohir aka 1967 yildan boshlab Samarqand va poytaxtimizdagi qator tahririyatlar bilan hamkorlik qilib keldi. O‘nlab gazeta sahifalarida u kishi fotolavha tayyorlab yoritmagan soha, tashkilot qolmadi hisob.
Quyida Tohir akaning turli soha egalari, qishloqlar hayoti, beg‘ubor bolajonlar holatini aks ettirgan fotolavhalaridan ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz.