Fuqaroga uyushmadan tovon pullari undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2020 yil 24 yanvardagi qaroriga ko‘ra, qarzdor “Qoradaryo vohasi” suv iste’molchilari uyushmasi (SIU)dan I.Abdialimov foydasiga 2018 yil 1 sentyabrdan 2019 yil 1 dekabrgacha bo‘lgan davr uchun tovon pulidan 4 million 924 ming so‘m undirish belgilangan va sud qarori asosida 2020 yil 18 fevralda Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2020 yil 11 martdagi qaroriga ko‘ra, qarzdor “Qoradaryo vohasi” SIUdan I.Abdialimov foydasiga to‘lanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (2020 yil 1 yanvar holatiga) bo‘yicha 4 million 221 ming so‘m undirish belgilangan va sud qarori asosida 2020 yil 16 martda Byuroning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Qoradaryo vohasi” SIUning “Savdogarbank” ATB Ishtixon filialidagi barcha hisob raqamlari va mol-mulklariga band solingan  va inkasso topshiriqnomasi yuborilgan.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida amalga oshirilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdor “Qoradaryo vohasi” SIU boshlig‘i S.Mardiyevdan 2020 yil 15 aprelda 4 million 924 ming so‘m tovon puli undirilib, undiruvchi I.Abdialiyevga tilxat asosida topshirilgan.

Hozirda qarzdor “Qoradaryo vohasi” SIUdan undiruvchi I.Abdialiyev foydasiga 4 million 221 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlikni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqilmoqda.

MIB Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.