Futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogining viloyat bosqichiga qur’a tashlandi

Samarqand shahrida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol va mini futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi bahslarining viloyat bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra:
Futbol:
- “A” guruhida Bulung‘ur, Toyloq, Payariq va Past Darg‘om tumanlari;
- “B” guruhida Narpay, Samarqand, Oqdaryo tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar;
- “C” guruhida Nurobod, Jomboy, Urgut, Qo‘shrabot tumanlari;
- “D” guruhida Samarqand shahar, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi tumanlari.
Mini futbol:
"A" guruhida Urgut, Payariq, Toyloq hamda Nurobod tumanlari;
"B" guruhida Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on shahri, Samarqand, Qo‘shrabot tumanlari;
"S" guruhida Narpay, Past Darg‘om, Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on tumanlari;
"D" guruhida Bulung‘ur, Oqdaryo, Ishtixon, Jomboy tumanlari.
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkazilayotgan mini-futbol musobaqasining viloyat bosqichi o‘yinlari ertaga, 6 iyundan boshlanadi.
Mini-futbol (o‘g‘illar va qizlar) musobaqalari Past Darg‘om tumanidagi futbol maktabiga qarashli futbol maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Futbol o‘yinlari Samarqand shahridagi 4 ta futbol maydonida o‘tkaziladi.
Futbol bo‘yicha viloyat final o‘yini shu yilning 27 iyun kuni Samarqand shahridagi "Afrosiyob" futbol o‘yingohida bo‘lib o‘tishi belgilangan.