Gap chiqdi: Samarqanddagi OTMlarda o‘qish sentyabr oyi oxirida boshlanishi mumkin

Internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandagi oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili sentyabr oxirida boshlanishi aytilmoqda. Jumladan, bir qator tuman hokimliklari rasmiy sahifalarida ham bu haqda xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, Samarqandda shu yil 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish sentyabr oyi oxiridan boshlanishi mumkin.

Zarnews.uz muxbiri ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida viloyatdagi bir qator OTM rasmiylari bilan bog‘landi. Ular hozircha bu haqda rasmiy ma’lumot yo‘qligini aytishdi. Ammo katta ehtimol bilan shunday qaror qabul qilinishi ham mumkin, deyilmoqda.