Jamiyat taraqqiyotining asosiy ustuni — qonun ustuvorligi

“Agrobank” ATB Samarqand viloyati filialida shu mavzuda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand shahar iqtisodiy sudi sudyasi B.Tojibayev bank xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ahamiyati, murojaatlarni tezkor va ochiq tarzda ko‘rib chiqish orqali fuqarolar ishonchini mustahkamlash zarurati haqida fikrlar bildirdi. Sud tizimini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va sudyalarning malakasini zamon talablariga mos ravishda oshirish yo‘nalishlaridagi muhim o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

“Raqamli sud” konsepsiyasi, “Odil sudlov akademiyasi”ning faoliyati va sud jarayonlarini elektron tizimga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuvda bank xodimlari va tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga huquqiy jihatdan javoblar oldi.

Yig‘ilish yakunida sud tizimi va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada kengaytirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha bu kabi uchrashuvlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.