Gavayida otilgan vulqon osmondan qimmatbaho toshlar yog‘dirdi
Yaqinda Gavayi orollarida noyob va juda qiziqarli voqea bo‘ldi. Mahalliy aholi to‘g‘ridan-to‘g‘ri osmondan tushgan har xil o‘lchamdagi yashil kristallarni topib olayotganligi haqida xabar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu toshlar qimmatbaho. Hodisa Kilauea vulqonining otilishi tufayli sodir bo‘lgan. Bu holat bir necha kun davom etdi.
Mahalliy aholi vulqon otilishidan xursand. Ular qotib qolgan kichik yashil marvaridlarni lava bo‘laklaridan topib olyapti, ba’zida esa kristallar o‘zining asl shaklida tom ma’noda ularning boshiga tushyapti. Ba’zi bir joylar yomg‘irdan keyin bo‘lgani kabi shundoqqina qimmatabaho toshlar bilan qoplanganligi haqida dalillar bor. Ushbu tiniq kristallar qimmatbaho xrizolitning bir turidir.
Geologlar lavada ko‘pincha har qanday toshlar uchrab turishini va ushbu hodisada g‘ayrioddiylik yo‘qligini ta’kidlashadi. Orollarda ishlaydigan mutaxassislar, xrizolitdan tashqari aholiga boshqa tosh - olivinni topish omadli bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar. U ko‘pincha tez soviydigan lava ko‘piktosh (pemza)da uchraydi. Hozirda bu lava qismlari butun mintaqa bo‘ylab tarqalgan.
Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, olivin vulqon otilib chiqadigan joylarga juda keng tarqalgan mineral hisoblanadi. Gavayi orollarida hatto olivin qumi bilan to‘la plyajlar ham bor. Bunday olganda, xrizolit ham olivinning bir shaffof turi. Bu toshlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar toifasiga kiradi. Qimmatbaho toshlar vulqon otilishi paytida emas, balki ushbu hodisadan ancha oldin paydo bo‘lgan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.