Genri Fordning ishchilarni sinovdan o‘tkazishning oqilona usuli 

Genri Ford 1863-1947 yillarda yashagan amerikalik tadbirkor, AQSh avtomobilsozlik sanoati asoschilaridan biri. U dunyoga mashhur “Ford Motor» kompaniyasiga asos solgan. Uning ulkan yutuq va muvaffaqiyatsizliklarining aks-sadosi butun dunyodagi barcha davlatlar va sanoat tarmoqlari taqdiriga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Genri Fordning “Mening hayotim” avtobiografik kitobi bugun nafaqat tadbirkorlar uchun, balki oddiy ishchi, ish beruvchilar uchun ahamiyatli. Shuning uchun bu yodnoma uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

Keling, ushbu kitobning ayrim sahifalarini birgalikda varaqlaylik. 

 

Qo‘lni qo‘lga berib ishlash uchun bir-biringizni sevishning hojati yo‘q. Ishdagi juda yaqin do‘stlik agar bir kishi ikkinchisining kamchiliklarini yashirishga harakat qiladigan bo‘lsa, yomon oqibatlarni olib kelishi mumkin. Bu ikkala tomon uchun ham zararli.

Ishlayotganimizda biz ishga astoydil yondashishimiz kerak. Vaqtchog‘likda ham shunday. Birini boshqasi bilan aralashtirish mantiqsiz. Har bir inson berilgan vazifani a’lo darajada bajarmog‘i va buning uchun yaxshi mukofotlar olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi kerak. Ish tugaganadan so‘ng, xursandchilik qilsa bo‘ladi.

***

Bir kuni kompaniyam bo‘lim rahbarlarini chaqirib, bahona va qarshiliklariga e’tibor bermay, ularni Karib dengizi bo‘ylab ikki haftalik sayohatga jo‘natdim. Qaytib kelgach, ularning ba’zilari lavozimlarga ko‘tarilib, boshqalari esa ishdan bo‘shatilishi kerak edi. 

Vaqtincha rahbarlarsiz qolgan bo‘limlarning ishini diqqat bilan kuzatdim. Bo‘limdagi ishlash ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanib qolingan va bo‘ysinuvchilar bir tartibda harakat qilgan bo‘lsa, demak rahbar mahoratli boshqaruv tizimini qura olgan va lavozimga ko‘tarilishga loyiq.

Boshlig‘i yo‘qligida bo‘limdagi ishlar joyidan jilmay aylanayotgan bo‘lsa, demak boshqaruv tizimi foydasiz, bo‘ysinuvchilarning faoliyati uyushtirilmagan va bunda faqat rahbar aybdor, uni o‘zgartirish kerak!

***

Adolatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik lozim. Agar yuqori lavozimdan odamning boshi aylanib ketsa, u darhol aniqlanadi va haydab yuboriladi yoki dastgoh yoniga oddiy ishchi sifatida qaytariladi.

Ish, faqatgina mehnat bizning o‘qituvchimiz va rahbarimizdir. Ko‘pchilik o‘ziga berilgan vazifani bajarishi mumkin, ammo unvon olgach, o‘zini osongina yiqitishga yo‘l qo‘yadi. Unvonlar ajoyib ta’sirga ega. Ular ishdan kechish belgisi bo‘lib ham xizmat qiladi.

 Ko‘pincha unvon shiori bilan ajralib turadigan nishon belgisiga tengdir. Uning egasi o‘zining yuqori qadr-qimmatini va boshqa odamlarning ahamiyatsizligini baholashdan boshqa hech narsa qilishga majbur emas.

Ishbilarmonlik muhitida unvonlarga juda katta ahamiyat berilgan va bundan faqat biznesning o‘zi zarar ko‘rgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.