Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Xorazmga keldi
- 29.05.2019 13:40
- 122
- O‘zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 29 may kuni Xorazm viloyatiga keldi.
Oliy martabali mehmonni Urganch xalqaro aeroportida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov, Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov kutib oldi.
Federal Prezident Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashib, Xiva shahridagi madaniy-me’moriy obidalar bilan tanishadi.
A. ShOKIROV, O‘zA
Teglar:
Xorazm
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Biz YUNESKO tanlovida qatnashyapmiz
- 52 daqiqa avval
- Samarqand
“Biz ana shunday do‘stmiz”
- 53 daqiqa avval
- Mutolaa
Ular - hunarmand, tadbirkor, lider
- 56 daqiqa avval
- Jamiyat
Poyezdga tosh otgan bolalarning ota-onasiga chora ko‘rildi
- 57 daqiqa avval
- Samarqand