“Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Samarqand garnizoni harbiy qism va ma’naviyat-ma’rifat markazida 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari podpolkovnik Sardor Madaminov va boshqalar giyohvandlik moddalari inson hayoti uchun umr zavoli ekanligini, ayniqsa, yoshlar orasida har xil psixotrop dori vositalarini iste’mol qilish bilan bog‘liq holatlar ham afsuski ortib borayotganligi yuzasidan harbiylarga batafsil tushuntirdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazinining narkologiya xizmati bo‘yicha viloyat filiali shifokorlari tomonidan giyohvandlikning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari o‘tkazilgan bo‘lsa, Samarqand harbiy prokuraturasi tergovchisi Mirjalol Madrahimov tomonidan ushbu jinoyatchilikka qarshi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbirda giyohvandlikning oqibatlari to‘g‘risidagi video roliklar namoyish etildi.