Gretsiyaning eng yirik migrantlar lageri yonib ketdi

Gretsiyaning Lesbos orolida joylashgan eng yirik migrantlar va qochoqlar lageri to‘laligicha yonib ketdi. Yong‘inga sabab, ataylab o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Alangani bartaraf etish vaqtida o‘t o‘chiruvchilarga xalaqit berilgan. Bu haqda 9 sentyabr kuni Gretsiya jamoat televideniyesi ERT xabar berdi.

Migrantlar lageri Moria, Gretsiyadagi eng yirik migrantlar lageri hisoblanadi. Bu yerda 12.8 ming nafar migrant istiqomat qiladi. Yong‘in, lagerda 35 nafar koronavirus holati aniqlanganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Bir haftadan buyon lager karantinga olingan edi.

“Moria lageri yonib ketdi va butunlay qulga aylanishda davom etmoqda. Ko‘plab migrant va qochoqlar tog‘ va chekka hududlardagi dala hovlilarga berkinishgan. Ko‘plari shaharga ketishdi. O‘lkan politsiya bo‘linmasi ushbu hududni o‘rab oldi”, deb xabar qildi telekanal.

Gretsiya yong‘in xavfsizligi xizmati bir nechta yong‘in o‘chog‘i lager yonida paydo bo‘lganligi, yong‘inni bartaraf etish uchun 25 nafar o‘t o‘chiruvchi, 10 ta o‘t o‘chirish avtomobili va politsiya xodimlari safarbar etilgani haqida ma’lum qildi.

Yong‘in xavfsizligi xizmati rahbarining ERTga bergan ma’lumotiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida guvohlarning aytishicha, o‘n nafar yong‘in o‘chog‘i paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, yong‘in bartaraf etilayotgan vaqtda yong‘in xavfsizlik xizmati xodimlariga qarshi harakatlar amalga oshirilgan.