Germaniya Lukashenko inauguratsiyasiga baho berdi va uning qonuniyligini rad etdi
- 24.09.2020 13:30
- 109
- Xorij
Kecha yashirin inauguratsiya marosimini o‘tkazgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko demokratik qonuniylikka umid bog‘lay olmaydi, deya ta’kidladi Germaniya hukumati vakili Steffen Zeybert. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
Minskda bo‘lib o‘tgan marosimni baholagan holda Zeybert uni maxfiylik va jamoatchilik ishitirokisiz o‘tkazilganini ta’kidladi. “Marosimdan so‘ng Lukashenko demokratik qonuniylikni (o‘zining qonuniy prezident ekanligini) talab qila olmaydi”, dedi Germaniya hukumati vakili.
Avvalroq Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus va Slovakiya vakillari ham Lukashenkoning maxfiy qasamyod qabul qilishini qat’iy tanqid qildi. Linkyavichyus saylovlar ham, inauguratsiya marosimi ham noqonuniy o‘tkazilganini bayon qildi.