Hafta davomida havo harorati +33 darajagacha pasayadi
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugundan salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqala boshlaydi. Kunduzi havo harorati +33...+36 darajagacha, janubda +40 darajagacha bo‘ladi. Me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan bunday harorat foni ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.
3-7 iyul kunlari ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, 4 iyulda kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, 3-4 iyul kunlari eng chekka janubda 20-22 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.