Hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzning birinchi oyi uchun xos bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.

Haftaning birinchi yarmida respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haftaning ikkinchi yarmida havo bulutli bo‘ladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ish haftasining eng oxirida - 29 sentyabr kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Sharqdan o‘rtacha shamol esadi. Kechalari va ertalabki soatlarda harorat 12-17 daraja atrofida nisbatan salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 25-30 darajagacha, ba’zi joylarda 32 darjagacha isitadi.

Tog‘li hududlarda ayrim kunlarda biroz yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.