Hafta o‘rtasida harorat pasayadi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga yanada iliqroq bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +24...+27 darajagacha ko‘tariladi va respublikaning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

22 noyabr, chorshanba kuniga borib, shimoliy-g‘arbiy hududlardan kirib kelayotgan nam havo massasi butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab tarqaladi. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi hududlarida ayrim joylarda kuchli yomg‘ir kuzatiladi.

23 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 noyabrda ham respublikaning barcha hududi bo‘ylab havo quruq bo‘ladi.

20-22 noyabr kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati 22-24 noyabrda +13...+18 darajagacha, ba’zi joylarda +10...+12 darajagacha pasayadi. 23-24 noyabr kunlari kechasi harorat +3...+6 darajagacha pasayadi, shimolda -1...-3 darajagacha bo‘lishi mumkin.