Hamshiralar sovuqda ushlab turilganmi? SSV Samarqand shahridagi 10-son oilaviy poliklinika bo‘yicha tarqalgan ma’lumotga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bosh vrach shifokor va hamshiralarni jazolash uchun sovuqda ushlab turdi” degan tagso‘z bilan fotosurat tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

"Samarqand shahridagi 10-son oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari har ish kunini badantarbiya mashqlari bilan boshlashga odatlangan. Ushbu mashg‘ulotlar ham poliklinika binosi ichida, ham tashqi hovlisida bajariladi.

Shunday ekan, suratga berilgan izoh mutlaqo asossiz".