Har bir haydovchiga 12 ball beriladi, ularni saqlab qolganlar rag‘batlantiriladi

Shuningdek, chet el tajribalarini har tomonlama va atroflicha o‘rganib chiqish hisobiga ball to‘plab borish tizimini joriy etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Misol uchun, har yili har bir haydovchilik guvohnomasiga 12 ball beriladi. Bu ballar haydovchi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar turiga qarab kamayib boradi. Aytaylik, haydovchi o‘sha 12 ballning hammasini ishlatib qo‘ysa, ya’ni shuncha ballik qoidabuzarlik sodir etsa, u haydovchilik huquqidan mahrum etiladi. Ball tizimini qo‘llashda jarima ballari yo‘l harakati qoidalari buzilishining og‘irlik darajalariga qarab belgilanadi. Endi masalaning ikkinchi tomoni shuki, agar haydovchi jarima ballarini ishlatmasa, ya’ni muayyan vaqt ichida yo‘l harakati qoidalarini buzmasa, qoidabuzarlik sodir etmasa, bunday haydovchilarni rag‘batlantirish mexanizmlari ham joriy etiladi. Demak, faqatgina jazo berish yo‘li bilan emas, balki rag‘batlantirish yo‘li bilan ham yo‘l harakati qoidalariga rioya etish targ‘ib qilib boriladi.
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzurida Jamoatchilik kengashi vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Konsepsiyasida qanday muhim yangiliklar kutilmoqda?
Va boshqa ko‘plab savollarga javoblarni 14 iyunda nashrdan chiqqan “Zarafshon” gazetasida o‘qing!
G‘olib ABDUSALOMOV