Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 28 avgust kuni imzolangan farmoniga ko‘ra, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo‘linmasining katta inspektori Qilicheva Ra’no Hamidovna va Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kodirov Jamshed Sobirjonovich “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.
Shuningdek, Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi ichki audit bo‘limi boshlig‘i Imamov Fayoz Akbarovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.