Harbiylar yoshlar huzurida

"Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘qituvchilari, kursantlar, harbiy xizmatchilar, ta’lim muassasasi pedagoglari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Unda bugungi kunda yurtimizda harbiy sohaga berilayotgan e’tibor, milliy armiyamizning qudrati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

– Harbiy uchuvchi bo‘lishga qiziqaman, – deydi o‘quvchi Amirjon Bozorov. – Maqsadim maktabni tamomlab, kelajakda oliy harbiy bilim yurtida o‘qishni davom ettirish. Maktabimizga tashrif buyurgan harbiylardan o‘zimni qiziqtirgan savollarga javob oldim.