Hasharda 1000 dan ortiq uy ta’mirlanadi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun erta tongdan viloyat bo‘yicha 600 mingdan ortiq aholi hasharga chiqqan. Hududlarni obodonlashtirish, ariq-zovurlarni tozalash, chiqindilarni olib chiqish uchun 700 dan ortiq texnika jalb etilgan.

Viloyatdagi bog‘ va xiyobonlar bilan birga mahallalar ahli tomonidan muqaddas qadamjo va qabristonlar obodonlashtirilib, tozalanmoqda.

Hashar davomida tuman va shaharlarda ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, 1000 dan ortiq uy-joylarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan.