Umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi

11 mart kuni ztkaziladigan hashar davomida ta’mir ishlariga 1 mlrd. 300 mln. so‘m mablag‘ sarflanadi. Shuningdek, 7 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Buning uchun jami 2 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, 12 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish rejalashtirilmoqda. 11 ming tonnaga yaqin maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanib, 1300 kilometrdan ziyod ariq va lotoklar tozalanadi. 8500dan ziyod qabriston va 400 ta ziyoratgoh obodonlashtiriladi.

Hashar doirasida boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etish, shuningdek avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv ob’yektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlarlarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi.

Ish beruvchilar tomonidan xodimlarni hasharga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.