Hayit bayramini yangi libosda kutib olishning ham savobi bor
Ulug‘ ayyomlardan biri Ramazon hayitiga ham sanoqli kunlar qoldi. Muborak Islom diniga e’tiqod qiluvchi Musulmonlar bu shodiyonani Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) davrlaridan buyon orziqib kutadi.
Bu ayyom avvalida (Shavval oyining 1-2-3 kunlari) bir oylik qutlug‘ ro‘za amallari bajariladi. Mazkur bayramda yoshu qari, boyu kambag‘al, barcha musulmonlar bir-birlariga xursandchilik tabriklarini izhor etishadi. Yana bir ulug‘ ayyom Qurbon hayitidir. Qurbon hayiti hojilar Arafotda turganlaridan so‘ng (hijriy Zu-l-hijja oyining 10-13 kunlarida) nishonlanadi. Islom aqidalariga ko‘ra, Ramazon hayiti kuni fitr sadaqa berish, Qurbon hayitida esa qurbonlik qilishning ajri ulug‘ bo‘ladi.
Musulmonlar hamisha orziqib kutadigan ushbu ikki hayit bayramlariga taalluqli bir qancha odoblar bo‘lib ularga to‘liq amal qilishning ajru savoblari bag‘oyat yuqoridir.
Hayit bayramlarida har bir musulmon halollikka, poklikka e’tibor qilgan holda yangi liboslarda qatnashishi yaxshi amallardan sanaladi.
Saidjamol Mirjafarov,
sharqshunos, arabshunos olim.