Hayoni unutganlarni taniysizmi? IIV videoda aks etgan ayollarni qidirmoqda

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol boshqa bir ayolni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, uni sochidan tortib yuzlariga qo‘li bilan urayotgani tasvirlangan videolar keng tarqalmoqda.

IIVning ma’lum qilishicha, bugungi kunga qadar ichki ishlar organlari navbatchilik qismlariga videoda tasvirlangan holatlar yuzasidan xech kim murojaat qilmagan.

Aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish va qonuniylikni ta’minlash maqsadida IIV fuqarolardan videoda tasvirlangan holat yuzasidan asosli ma’lumotga ega bo‘lishsa, telegram orqali @muloqot_maydoni manzili yoki telefon orqali 71 231 34 28 raqamiga xabar qoldirishlarini so‘raydi.

Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlangan.