Hayotda ro‘y berayotgan hodisalarning hammasi bu fikrlarimizning aksidir

Bu albatta shunday. Hayotimizdagi hamma narsa fikr va hissiyotlarimizning aksi. Hayotda o‘zgarishlar bo‘lib turadi, bu nafaqat o‘zimiz, balki atrofdagilarimizga ham ularning fikri va bizning ularga qilgan ishonchimiz tufayli ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi taqdirimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muvozanat yoki nomutanosiblik manbaidir.

Hayot yo‘lingizda erishmoqchi bo‘lgan natijalarga e’tiboringizni qaratishingiz juda muhim. Buni amalga oshirish uchun  tirishqoqlik  qo‘llashingiz va birinchi navbatda o‘zingizga nisbatan qat’iy bo‘lishingiz kerak. Shu bilan birga qarama-qarshiliklar paydo bo‘lganida ba’zi vaziyatlarni o‘rganishni va qabul qilishni o‘rganishingiz zarur. Aslida, qiyinchiliklar va kelishmovchiliklarning asosiy sababi aynan shu omillardir. Shunday bo‘lsa-da, bu ajoyib tajriba o‘z natijalarini beradi.

Har bir inson ma’lum darajada dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalar uchun javobgardir. Bu yerda gap nafaqat biror kishining shaxsiy harakatlari to‘g‘risida ketyapti, balki mavhum muhokama nazarda tutilgan. Albatta, sizning hayotingiz faqat sizga tegishli va uni qanday boshqarish kerakligi o‘zingizga bog‘liq. Bundan tashqari, hayotimizda hech narsa hech qanday sababsiz sodir bo‘lmasligini tushunib olishimiz kerak. Hech qanday sharoit shunchaki hosil bo‘lmaydi. Biz har doim belgilarga e’tibor qilmasligimiz sababli ularni ko‘rmaymiz.

Har bir sodir bo‘layotgan hodisa – bu bizga qaratilgan belgi yoki berilayotgan muhim bir xabar. Biz esa xabarchilarmiz. Shu sabab hayotimizdagi hamma narsa, yutuq va muvaffaqiyatsizliklar fikrlarimiz va hissiyotlarimizning aksidir.

Hayotingizda duch kelgan kechinmalar, baxtsizlik yoki azob-uqubatlar sababchisi o‘zingiz ekanligingiz to‘g‘risidagi taxminlarni mutlaqo bema’ni gap deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq bu haqiqat. Agar siz haqiqiy baxtli inson bo‘lishga qaror qilsangiz yoki baxt va farovonlikka erishish uchun kerakli harakatlarni boshlasangiz, hayotingiz butunlay boshqa tomonga o‘zgara boshlaydi.

O‘zingizni faqat jismoniy darajada qabul qilib, har doim o‘zingizning xohish va ehtiyojlaringiz to‘g‘risida o‘ylashni bas qiling. Ichki uyg‘unlik va xotirjamlikda yashay boshlasangiz, o‘zingizni yaxshilashga ehtiyoj qolmaydi.

Inson miyasi o‘zi orqali juda ko‘p elektr zaryadlarini o‘tkaza oladigan tarmoq. Bizning miyamizning asosiy maqsadi nafas olishimiz uchun ishlaydi, yuragimiz esa o‘z tezligida uradi. Umuman olganda, miyaning vazifasi jismoniy mavjudligimizni davom ettirishimiz uchun hamma amallarni bajarishida va u ruhiy tabiatga oid ma’lumotlarni qayta ishlay olmaydi. Bu ishlarni faqat qalb va yurak bajaradi. Yaratuvchanlik jarayoni faqat harakatlarimiz va fikrlarimiz bilan tugamaydi. Bu jarayonda sezgi  yordamida his qila oladigan barcha omillar ham faol ishtirok etadi.

Tuyg‘ular-chi, his-tuyg‘u haqida nima deyish mumkin? Aynan tuyg‘ularimiz hayotimiz shu yerda, hozir va keyinchalik qanday bo‘lishi uchun javobgar bo‘lib qoladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.