Hayotni suratlarga muhrlagan muxbir

Sarlavhani bejiz bunday qo‘ymadik. Iste’dodli fotojurnalist G‘ulom Aliyev bir umr viloyat «Lenin yo‘li» – «Zarafshon» gazetasi tahririyatida faoliyat ko‘rsatish bilan birga badiiy ijod bilan shug‘ullandi, bir necha kitoblar chop ettirdi.
Uning tarixiy voqealar, zamondoshlarimizning fidokorona mehnati, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarga oid jo‘shqin jarayonlar aks ettirilgan surat-lavhalari gazeta sahifalarida abadiy muhrlanib qoldi.
1970 yillar boshida olingan ushbu suratda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist G‘ulom Aliyev (o‘ngda) hamda faxriy jurnalistlar - Normurod Zayniyev va Oqiljon Husanovning ijodiy suhbatlashayotgan payti aks ettirilgan.