Hech bir davlatga tegishli bo‘lmagan yerlar

 

Dunyoda turli sabablarga ko‘ra hech bir davlatga tegishli bo‘lmagan hududlar bor. Bu xalqaro shartnomalar bilan aniq belgilanganegasi yo‘q”, bahsli va hech kimga kerak emas yerlardir.

Xalqaro (davlatlar o‘rtasidagi) suvlar

Sohildan ma’lum masofada joylashgan materiklarga tutash dengiz va okeanlar qirg‘oqlari chegaralari bo‘ylab o‘tadigan mamlakatlarga tegishli. Bunday hudud davlatning yerga yolg‘iz (tanho) egalik qiladigan iqtisodiy zonasi deb ataladi va uning kengligi 200 dengiz mili (370,4 kilometr)dan oshmasligi kerak.

Iqtisodiy zonalardan tashqarida qolgan hech kimga tegishli bo‘lmagan hudud dengiz va okeanlar yer yuzasining 64 foizini tashkil qiladi. Bu hududbirlashtirib hisoblangan barcha qit’alar va orollar bilan solishtirilsa, katta bo‘lib chiqadi. Demak, sayyoramizning katta qismi hech kim egalik qilmaydigan hududlardan iborat, deb ayta olar ekanmiz.

Bir Tavil

Ehtimol, bu joy egasiz yerning eng mashhur namunasidir. Bir Tavil - shimolda Misr, g‘arb, janub va sharqda esa Sudan bilan chegaradosh hudud. Ushbu cho‘l hududi juda katta bo‘lib, taxminan 2 ming kvadrat kilometrni egallaydi. Biroq na Misr, na Sudan bu yerga nisbatan hech qanday da’voqilmaydi.

Meri Berd yeri

Antarktida, xuddi Oy kabi, hududiy da’volar mavzusi bo‘la olmaydi, degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Aslida esa  bir qancha davlatlar bu ulkan qit’aga, hech bo‘lmaganda, uning qandaydir ulushigaegalik qilish uchun da’vo qilib keladi. U yerda G‘arbiy Antarktidaning katta qismi bo‘lgan yer 1,61 million kvadrat kilometrni egallaydigan Meri Berd yeri kabi egasiz hududlar ham bor. Bu Fransiya, Germaniya va Italiyaning birlashgan hududlaridan kattaroqdir.

Gornya Siga

Yugoslaviya parchalanib, Yugoslaviya urushlari boshlanganda, Serbiya va Xorvatiya ba’zi bahsli hududlarga da’vo qila boshladi. Ikkala davlat ham Gornya Sigadan tashqari sobiq Yugoslaviyaning “yog‘li” joylarini egallashni orzu qilardi. GornyaSigaga keladigan bo‘lsak, har bir tomon bu 7 kvadrat kilometrlik hududni o‘z yerlari emas, deb hisoblaydi.

Hans oroli

Kanada yaqinidagi Kennedi bo‘g‘ozi markazidagi odam yashamaydigan hudud  - 1,3 kvadrat kilometr maydonga ega Hans oroliga Grenlandiya nomidan ham Kanada, ham Daniya da’vogarlik qilib keladi.Mamlakatlar uzoq vaqtdan beri orol maqomi bo‘yicha kelishuvga erishishga uringan, biroq muzokaralar jarayoni oldinga siljimayotir.

Kanada va Daniya o‘rtasidagi orol uchun uzluksiz “urush” 1984 yildan beri davom etmoqda: har bir necha oyda mamlakatlardan birining desant guruhi Hansga qo‘nib, “dushman bayrog‘ini olib qo‘yib,o‘rniga o‘z bayrog‘ini o‘rnatadi, shundan so‘ng desantchilar o‘lja qilib olingan (aslida esa qarshi tomon qoldirib ketgan) spirtli ichimliklarni ichishadi. Shundan so‘ng desantchilaro‘z spirtli ichimliklarini qoldirib, chekinishadi.Bir muncha vaqt o‘tgach, boshqa tomon qo‘shinlarikelib, xuddi shu marosimni bajaradi. Qizig‘i,kanadaliklar viski, daniyaliklar esa shnaps ichimligini qoldirib ketishadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.