Hech bir hujjatsiz paxta olib ketayotgan avtomashina to‘xtatildi

2020 yil 29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPHB maxsus otryad 1-safarbarlik guruhi inspektori, safdor X.Mamadiyev Qarshi tumani Saroy qishlog‘i hududida xizmat olib borayotganda, soat 20:00 larda "Ford" rusumli transport vositasini to‘xtatadi.

Tekshiruv davomida avtomobil yukxonasida haydovchi hech qanday hujjatsiz 500 kilogramm paxta olib kelayotganligi aniqlandi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB xodimlari tomonidan surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.