Hindiston shimolida ikki kun ichida yashin urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Ma’lumotda keltirilishicha, Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining o‘zida yashin urish oqibatida bir kecha-kunduzda 24 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 25 iyun kuni Bixar shtatida chaqmoqlar kamida 83 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Shu tariqa umumiy hisobda yashin urish oqibatida, ikki kun ichida 107 kishi halok bo‘lgan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘zining tvitter sahifasida mamlakat shimolidan tinmay qayg‘uli xabarlar kelayotganligi haqida yozdi. U hukumat jabrlanganlarga yordam berish choralarini ko‘rayotganini alohida ta’kidladi va halok bo‘lganlarning oila a’zolari, yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, hukumat jabr ko‘rganlarga va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga 5,3 ming AQSh dollaridan pul mablag‘i beradi.
Yilning iyun-oktyabr oylari Hindiston shimolida kuchli shamol, yomg‘ir va chaqmoqlar mavsumi hisoblanadi.