Hindistonda tosh yig‘laydigan qiz topildi
Hindiston qishloqlarining birida odatdagi ko‘z yoshlari bilan birga tanasidan shag‘alga o‘xshash mayda toshchalar chiqadigan qiz topildi. 15 yoshli o‘smirning oilasi qizning bunday holatidan hayratda bo‘lib qolganini aytadi.
Internetda paydo bo‘lgan videoda qizning ko‘z qovog‘ida g‘alati shish hosil bo‘lganligini, ko‘z qovog‘i chappa qaytarilganda, undan kichik toshcha chiqishini ko‘rish mumkin. Oilada bu kabi 100 dan ortiq videolar mavjud. Axir, video yozuvisiz hech kim bunday kasallik borligiga ishonishni xohlamadi-da.
Hosil bo‘ladigan narsaning qiz tanasida aqlbovar qilmaydigan darajadagi tezlikda shakllanishi shifokorlarning savollari javobsiz qolayotgani bilan izohlanadi. Tanosil kasalliklari tizimidagi shunga o‘xshash kasallik bilan og‘rigan bemorlarda toshchalar yillar davomida shakllanishi mumkin. Lekin hindistonlik bu qizcha tanasidan ajralib chiqadigan toshlar deyarli har oy “pishadi”. Ajablanarlisi, yangilik e’lon qilinganidan so‘ng internet foydalanuvchilari bu voqeaga katta shubha bilan munosabatda bo‘lishdi.
Ular qizning hech qanday kasalligi yo‘qligini, uning ota-onasi shunchaki e’tibor jalb qilish va pul ishlab qolish niyatida voyaga yetmagan o‘smirning ko‘zlariga toshlarni tiqishtirib tashlashga majbur qilganlikda aybladi. Internet hamjamiyatidan farqli o‘laroq, oila yashab keladigan qishloq aholisi bir necha vaqt tom ma’noda shok holatda bo‘lib qoldi. Ba’zi bir xurofotlilari esa o‘spirinda Shayton yashashi yoki unda dahshatli bir la’nat borligiga ishonishadi.
Bahora tayyorladi.