Hindistonlik operator “Ayol qismati” badiiy filmini suratga olish ishlarida qatnashmoqda

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Central Asian Trade Company (CATC) hamda "Dilshoh media" kinostudiyalari hamkorligida “Ayol qismati” badiiy filmi suratga olinmoqda.

Ijodiy jamoada hindistonlik operator Aman Panjre ham bo‘lib, u hozirda film ijodkorlari bilan suratga olish ishlarini birgalikda olib bormoqda.

Film adashib Suriyaga ketgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish yuzasidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya haqida. Unda xorijga ketgan ayolning ayanchli taqdiri, vataniga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi.

Ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov hamda Sardor Hamroyev, postanovkachi rejissyor Dilmurod Masaidov, postanovkachi operator Husan Aliyev, rassom Husayn Eshniyozov, prodyuser Mahmud Erkaboyev, liboslar bo‘yicha rassom Sevara Zunnunova, kartina direktori Azizbek Azatbayev.

Kinematografiya agentligi axborot xizmati.