Hokim 100 yoshli onalarni yo‘qladi

Shunday piru badavlat onaxonlardan biri Past Darg‘om tumanining Katta Nayman mahallasida yashovchi Salomat momo Amirovadir. Onaxon uzoq yillar qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilgan.

O‘z vaqtida sakkiz marta tuman va viloyat Kengashi deputatligiga, bir bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatligiga saylangan. 1994 yilda “Shuhrat” medali, 2022 yilda I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Salomat ona hozirda mahallada farzandlari, kelinlari, nevara-evaralari ardog‘ida, hozirgi tinchlik, osoyishta, dorilamon kunlarga shukrona keltirib, qarilik gashtini surmoqda.
Shu kabi Muharram aya Eshmurodova 1925 yilda tug‘ilgan. Umrining asosiy damlarinii paxta dalalarida mehnat qilish bilan o‘tkazgan.

Tuman hokimi Sherzod Rahmonov bir guruh nuroniylar hamrohligida ana shu mo‘’tabar onaxonlar xonadonida bo‘ldi. Ularni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi va samimiy suhbat qurdi.