Hokim 104 yoshli onaxonni bayram bilan tabrikladi

Samarqand tumani hokimi va sektor rahbarlari Jo‘yisoy mahallasida yashovchi 104 yoshni qarshi olgan Muqaddam aya Olimovaning xonadonida bo‘ldi.
Onaxon to‘rt nafar o‘g‘il va to‘rt nafar qizni tarbiyalab, voyaga yetkazdi, elga qo‘shdi. Bugun 70 nafar nevara va 100 dan ortiq chevara hamda evaralari ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda. Katta o‘g‘li esa 84 yoshga yetgan. Farzandlari, nevaralari yurtimiz manfaati uchun xizmat qilishmoqda.
Tuman hokimi Muqaddam ayani 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik tiladi. Yurtimizda har bir ayol, ayniqsa, yoshi ulug‘ onalarimiz doim e’tiborda ekanligi ta’kidlandi.
Onaxon mustaqillik, tinchlik va osoyishtalik xalqimizning bebaho boyligi ekani, uning qadriga yetish zarurligini aytdi, yurtimizga tinchlik-omonlik tilab, duoga qo‘l ochdi.