Hokim ehtiyojmandlarga 200 kilogramm go‘sht tarqatdi
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A.Bahromov tumandagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan uchrashib, ularga 200 kilogramm go‘sht tarqatdi.
Shuningdek, Qiymado‘z, Esavoytepa, Yangibahrin, Vayrot, Tavaron, Boltabek, Beshdarg‘at, Navqa qishloqlari va Kadan shaharchasidagi ko‘p qavatli uylarda yashayotgan ehtiyojmand oilalar, tumandagi fermer xo‘jaliklarida el xirmonini yaratish uchun ishlayotgan 100 nafardan ortiq suvchi, mexanizatorlar holidan xabar olib, ularga ham go‘sht tartiq qildi.
Shu kuni Elmurod Qurbonov nomli muqobil mashina traktor parki hududidagi eksportyor korxonasi dalalarida vodiydan kelib mehnat qilayotgan dehqonlar, Orzu Mahmudov nomli muqobil mashina traktor parki hududidagi fermerlar bilan g‘alla parvarishi, “Payshanba dehqon bozori”da narx-navoning asossiz oshirilishining oldini olish, tuman tibbiyot birlashmasida koronaviris pandemiyasiga qarshi olib borilayotgan profilaktik ishlar bilan tanishdi.
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati.