DXX Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlarida noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlarni ushladi
- 21.09.2023 13:56
- 121
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, fuqaro issiqxona qurmoqchi bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirib, unga davlat zaxirasida bo‘lgan bir gektar yer maydonini 150 ming AQSh dollari evaziga mansabdor tanishlari orqali olib berishini hamda 9 ming dollar evaziga ushbu yerni kadastrdagi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, jami 159 ming dollar olgan vaqtida dalillar bilan ushlandi.
Paxtachi tumanida yashovchi shaxs o‘zining onasiga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jalikning 10,45 gektar yer maydonini tadbirkorga 900 mln. so‘mga sotishga kelishib, oldindan 13 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Saylovda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi
- 54 daqiqa avval
- SAYLOV 2021
Yubiley to‘ylari kerakmi?
- 58 daqiqa avval
- Jamiyat
Saratonga davo topishni maqsad qilgan qiz
- 1 soat avval
- Samarqand