Kattaqo‘rg‘on tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
- 07.06.2023 14:19
- 43
- Samarqand
Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar idoralari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda tergovga qadar tekshiruv tadbiri o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida fuqaro O.N. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Ushbu xonadondan jami 8,2 million so‘mlik yog‘, chigit va boshqa tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.