Hokim o‘rinbosari Samarqandning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, istiqboldagi rejalar haqida talabalarga ma’lumot berdi
- 08.01.2020 11:15
- 168
- Iqtisodiyot
Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov hamda iqtisodiyot va biznes fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqovning “Samarqand viloyatida 2019 yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar” to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzasi tinglandi.
Ma’ruzachi yalpi hududiy maxsulotning o‘sishi, qishloq xo‘jaligi klasterlarining o‘rni, bandlik masalalari, aholi turmush darajasi, turizmni rivojlantirish, viloyatning tashqi savdo aylanmasi masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Teglar:
hokim o‘rinbosari