Urgut va Nurobod tumanlari hokimliklarida yangi o‘rinbosar shtati joriy etiladi

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Unga ko‘ra, mazkur tumanlarda hokimning innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash hamda viloyat hududlarini innovatsion rivojlanishini jadallashtirish, innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga erishish maqsadida qabul qilingan viloyat hokimining 2022 yil 18 iyuldagi qarorida mutasaddi rahbarlarga ikki hafta muddatda innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha hokimlarning o‘rinbosarlari lavozimlari kiritilgan Urgut va Nurobod tumanlarini innovatsion hududlarga aylantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirilgan.