Hokimliklar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 milliard so‘m qarzdor
Bugungi kunda mahalliy hokimiyatlarda «snos» tufayli 349 nafar tadbirkordan 123 milliard so‘m qarzdorlik mavjud. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».
«Barcha viloyat hokimlarini ogohlantiraman: 1 sentyabrga qadar tadbirkorlar bilan barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilishi, bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», dedi davlat rahbari.
Fevralda Bosh prokuratura 2020 yilda buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning atiga 45 foizi mulk egalariga qoplab berilganini ma’lum qilgan edi. «Snos» bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qarorlar Andijon viloyatida qabul qilingan bo‘lib, Toshkent shahri esa to‘lanmagan tovon puli miqdori bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.