Samarqandda 661 ta ko‘chmas mulk «snos» qilinadi
Ma’lum bo‘lishicha, bundan viloyatda keng ko‘lamda qurilish va obodonlashtirish ishlarini davom ettirish ko‘zlangan.
Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi hududlarni obodonlashtirish uchun 121 ta, Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida Samarqand shahrida ko‘prik, tunnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi uchun 540 ta ko‘chmas mulk ob’yektlari joylashgan yer uchastkalari kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olinadi.
Bu boradagi taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan.