Hozir: Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, viloyat Kengashi deputati bo‘lmagan shahar va tuman hokimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari qatnashmoqda.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi.
Mazkur qonun talabidan kelib chiqib, xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasini 37-Sultonobod saylov okrugidan saylangan deputat Farmon Toshev tomonidan olib borilayapti.
Sessiyada 30-Kattaming saylov okrugidan deputat Nigora Rabbimova kotiblik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sessiya kun tartibiga quyidagi oltita masala kiritilgan:
1. Viloyat saylov komissiyasi raisining axboroti.
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida.
4. Xalq deputatlari viloyati Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to‘g‘risida.
6. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi a’zoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risida.
Sessiya ishida Bosh vazir o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ishtirok etmoqda.