Hozir: Viloyatimiz musiqali drama teatri Turkiyadan xabar qiladi

Mazkur festivalda ishtirok etish uchun bugun 10 dan ortiq davlatlardan teatr jamoalari Konya shahriga tashrif buyurishgan.
Shu jumladan, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Kosovo, Serbiya, Italiya, Istanbul, Anqara davlat teatrlari artistlari ham Konyaga kelishdi.
Festivalning birinchi kunida ishtirokchilar Turkiya davlatining asoschisi Kamol Otaturk haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimida ishtirok etdilar.
Delegatsiyamiz a’zolari Jaloliddin Rumiy hazratlari maqbaralarini ziyorat qilishdi.
Shundan so‘ng Konya shahri teatrida ijodiy jamoalar o‘zaro fikr almashib, ijodiy hamkorlikka kelishishdi.
Turkiya televideniyesi, radio va jurnallarda O‘zbekistonlik san’atkorlarning tashrifi haqida keng ma’lumotlar berib borilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati musiqali drama teatrining ishtiroki haqidagi maqolalar bir qator jurnallarda nashr etilib, unda o‘zbek madaniyati va san’ati haqida ham ma’lumotlar chop etilgan.
Turkiyada ushbu festival o‘n birinchi marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lsada, O‘zbekiston vakillari unda ilk marta ishtirok etyapti.
Bugun 20 aprel kechasi Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ming nafas, bir ovoz” 11–Halqaro teatrlar festivalining rasmiy tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.